Tom Kruz ish jarayonida yonib ketishiga sal qoldi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Bu paytda aktyor yangi “Jek Richer: Hech qachon ortga qaytma” filmini suratga olish jarayonida qatnashayotgan edi.
Yong‘in treylerda boshlangan. Bunga elektr simlardagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tomga zarar yetmadi, biroq u sanoqli daqiqalardayoq yonib ketgan treylerga juda yaqin joyda turgandi — tanaffus chog‘ida aktyor dam olish uchun o‘z treyleriga qarab ketayotgan bo‘lgan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni tezda bartaraf etdi.
Izoh (0)