Braziliyaning Salvador shahrida tashkil etilgan aviashouda ishtirok etayotgan Slick 540 samolyoti dengizga quladi. “TASS” xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan.
Shou Braziliyada har yili 23-oktabr kuni nishonlanadigan Uchuvchilar kuni munosabati bilan tashkil etilgan edi. Aviahalokatdan so‘ng qutqaruvchilar uchuvchini suvdan olib chiqib, kasalxonaga yetkazishdi, biroq jarohatlarning og‘irligi sabab jabrlanuvchi vafot etdi.
Hodisa ro‘y bergan vaqtda samolyot bortida boshqa odam bo‘lmagan. Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)