Indoneziyada 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
AQSh Geologiya xizmati xabariga ko‘ra, yerosti silkinishlari markazi Abepura shahridan 267 kilometr g‘arbda, o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila natijasida ro‘y bergan ehtimoliy vayronagarchiliklar va jabrlanuvchilar haqida hozircha axborot yo‘q.
Izoh (0)