17-oktabr, shanba kuni Rossiya poytaxtidagi Novoyasenevskiy shoh ko‘chasi va Vilnyus ko‘chasi kesishmasida 23 yoshli o‘zbekistonlik ayol mast haydovchi tomonidan urib yuborilgan va halok bo‘lgan. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
Moskva ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Andrey Galiakberovning aytishicha, avtohalokat chog‘ida Chevrolet Cruze mashinasining davlat raqami tushib qolgan va aynan mana shu dalil aybdorni topishga yordam bergan.
“Tibbiy tekshiruv chog‘ida haydovchining mast holatda ekanligi aniqlandi. Sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda, uning natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi”, — deya ta’kidlagan Galiakberov.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan shaxs oldinroq mast holda avtomobil boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan va mashinani tegishli ruxsatnomasiz boshqargan.
Izoh (0)