O‘zbek fotografi Yevgeniy Diripaskin tomonidan suratga olingan tog‘lar, tunggi osmon va Chimyon manzarasi National Geographic jurnalining saytida e’lon qilindi. Bu haqda “Uz24” xabar bermoqda.
Surat Yakkatut qishlog‘ida, Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida, avgust oyidagi Perseid yulduzlar to‘plamini kuzatish chog‘ida tushirilgan.
Urung‘och ko‘li. “Urung‘och” zamonaviy uyg‘ur tilidan tarjima qilinganda “yorqin yoki oq nefrit”, degan ma’noni anglatadi.
Oysiz avgustning so‘nggi kunlari.
Oysiz tun ko‘z o‘ngimizda tundagi osmonning ajoyibotlarini namoyish etadi. Suratlar G‘arbiy Tyan-Shanning Chimyon tog‘larida, Bildirsoy daryosi vodiysida olingan.
Katta Chimyon tog‘ining ko‘rinishi (3309 m). G‘arbiy Tyan-Shanning Chotqol tog‘ tizmasi, Toshkent viloyati, O‘zbekiston.
Izoh (0)