2015-yilning oktabr oyida Yer aholisi sayyoralar paradi deb nomlanuvchi go‘zal manzarani kuzatishi mumkin, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Hodisani 8—20-oktabr kunlari kuzatish mumkin.
Kichik parad eng qiziqarli astronomik hodisalardan biri hisoblanadi. Bunda Quyosh tizimi sayyoralarining bir qismi quyoshning bir tomonida, kichikroq sektorda joylashadi. Ufqda osmon jismlari bir-biriga nisbatan yaqin masofada bo‘ladi. Hodisaning asosiy ishtirokchilari Venera, Mars, Yupiter, Merkuriy va Oydir.
Astronomlarning so‘zlariga qaraganda, hodisani taxminan quyosh chiqishidan ikki soat oldin, ochiq ob-havoda kuzatgan ma’qul. Kichik paradni oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin.
Izoh (0)