Rossiyada 2015-yilning to‘qqiz oyi davomida GM Uzbekistan avtomobillari savdosi 51 foizga qisqarib, 15 498 donani tashkil etdi. Bu haqda, Yevropa biznes assotsiatsiyasining Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.
2015-yilning sentabr oyida kompaniya Rossiya avtomobil bozorida 1 746 dona avtomobil sotdi, bu 2014-yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 26 foizga kam. 2015-yilning yanvar—sentabrida GM Uzbekistan’ning Rossiya avtomobil bozoridagi ulushi 1,3 foizni tashkil etdi (2014-yilning shu davrida — 1,8 foiz).
2015-yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan kompaniyasi Rossiyada avtomobil sotish hajmi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi. Kompaniyaning hech bir modeli Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan 25 avtomobil qatoriga kira olmadi.
Izoh (0)