Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple 2019 yilgacha o‘z elektromobilini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga tayanib, Meduza xabar bermoqda.Foto: “Vladtime.ru”

Foto: “Vladtime.ru”

Bu boradagi ishlarni jadallashtirish uchun kompaniya avtomobil yaratish ustida ishlayotgan jamoani 1800 kishiga yetkazadi (ayni paytda loyihada 600 kishi band). Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqaradigan mashinalar bo‘yicha mutaxassislar ishga qabul qilina boshlandi.

Apple avtomobillari to‘liq o‘zini boshqaradigan bo‘lmasligi aytilmoqda. Mashinaning texnik xususiyatlari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan

Apple elektromobil chiqarishini rasman e’lon qilmagan, ammo kompaniyaning bu loyihasi to‘g‘risidagi ovozalar ko‘p bor tarqalgandi. Apple rahbari Tim Kuk avtomobil ishlab chiqarish kompaniya uchun boshqa ko‘plab yo‘nalishlar qatori qiziqarli ekanini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?