Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, 19-sentabr, shanba kuni O‘zbekiston poytaxtida havo harorati pasayadi va yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda “Afisha” xabar bermoqda.
Harorat kunduzi +22—+24 darajani tashkil etadi. Bu 17-sentabrdagi havo haroratidan 8, 18-sentabrdagi havo haroratidan 6 daraja past deganidir.
18-sentabrdan 19-sentabrga o‘tar kechasi Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Izoh (0)