Startapni “Amerika tepaliklari” attraksioni bilan qiyoslash mumkin — zavq bag‘ishlaydi, nima bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmaydi, adrenalinga boy.
Quyida o‘z loyihangizni boshlash uchun ba’zi sabablarni keltiramiz:
- Sizda biznes g‘oyasi bor va ushbu g‘oya sizni qiziqtirib qo‘ygan. Siz barqaror ishingizni tashlab, loyihangizni rivojlantirishni boshlashga tayyorsiz. Sizga yaxshi motivatsiya va muvaffaqiyatga ishonch kerak!
- Siz hech kimga bo‘ysunmagan holda o‘z-o‘zingiz uchun javob berasiz. Barcha mas’uliyat — faqat o‘zingizda. Siz startapda qiladigan barcha narsa yo uzil-kesil muvaffaqiyatga, yo bo‘lmasa biznesning butunlay barbod bo‘lishiga olib keladi. Yollanma xodim bo‘lib ishlash boshqa, rahbarlik qilish boshqa.
- Yangi bilimlar olasiz. Startapda ishlash sizga yangi ko‘nikma va mahoratlarga ega bo‘lish, avval o‘ylab ko‘rmagan narsalarni o‘rganish majburiyatini yuklaydi. Ko‘p vazifalarni o‘zingiz bajarishingizga to‘g‘ri keladi.
- Innovatsiyalarning qoq markazida bo‘lasiz. Siz o‘z ishiga qiziqqan tashabbuskorlar jamoasida ishlaysiz.
- Startap ancha tez daromad keltira boshlaydi. Ishlab chiqarishda, masalan, ziyonsizlik nuqtasiga chiqish uchun yillab ishlash kerak. Texnologik startaplarda “o‘lim vodiysi” davri ancha qisqa. Loyiha yoki muvaffaqiyat qozonadi, yoki yo‘q.
Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: http://lifehacker.ru/2014/09/25/5-prichin-porabotat-v-startape/
Loyiha “Daryo” va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.
Izoh (0)