Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Garet Beyl klubdagi og‘ir raqobatdan aziyat chekkani tufayli yordam so‘rab ruhshunosga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Beyl Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p surishga qiynalmoqda, shu sababli professional ruhshunos yordamini olgan.
Mutaxassis Jeymi Edvards Beylning o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytardi va futbolchi Uels terma jamoasining to‘rtta o‘yinida va “Real”ning mavsum boshidagi o‘yinlarida uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etish joiz, mazkur uchrashuvlarning barchasida Beyl 90 daqiqadan maydonda harakat qilgan.
Izoh (0)