Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

UzReport TV telekanali Angliya Premyer-ligasidan o‘rin olgan futbol uchrashuvlarini translyatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 8-sentabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Biznes markazida UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasining UzReport TV telekanali tomonidan translyatsiya qilinishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida e’lon qilindi.

Foto: totalsportek.com

Foto: totalsportek.com

Angliya futbolining O‘zbekistondagi millionlab muxlislari qiziqishlarini inobatga olgan holda, UzReport TV telekanali Angliya Premyer-ligasi (APL) uchrashuvlarini O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bepul televideniyeda namoyish qilish eksklyuziv huquqini ham xarid qilganini rasman e’lon qildi. APL uchrashuvlari joriy yilning noyabr oyidan boshlab UzReport TV telekanali orqali translyatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda.

Matbuot anjumanida UzReport TV telekanali Bosh direktori Ravshan Djurayev Angliya Premyer-ligasidan o‘rin olgan futbol uchrashuvlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi huquqini xarid qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va teletomoshabinlar orasida sportga bo‘lgan qizqishni oshirish maqsadida sport mavzusini yanada rivojlantirishga qaratilgan telekanalning yangi konsepsiyasi bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Sport
Lionel Messi Ronalduning rekordini yangiladi
Mahalliy
Qarshidagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi