7-sentabr, dushanba kuni Tailand poytaxti Bangkok shahri aholisi osmonda g‘ayrioddiy hodisa yuz berganiga guvoh bo‘ldi, deb xabar qiladi “TASS”.
Osmon bo‘ylab yirik noma’lum obyekt uchib o‘tgan va o‘z ortidan oq tutun qoldirgan.
U yo‘qolishidan oldin chaqnagan, biroq portlash ovozi eshitilmagan.
“Tay Pi-bi-es” telekanali bergan xabarga ko‘ra, poytaxtliklar katta ehtimol bilan meteorit qulashiga guvoh bo‘lgan. Hozircha bu xabar rasman tasdiqlangani yo‘q. Ammo telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Bangkokdan 200 km masofada joylashgan Kanchanaburi provinsiyasida yashovchi kishilar ham osmondagi jismni ko‘rgan va portlash ovozini eshitgan.
Izoh (0)