Yoqutiston qishloq xo‘jaligi akademiyasida yuz bergan yong‘in natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘riqchi ayol va poygalarda qatnashuvchi olti tulpor halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yong‘in tunda, akademiya ot sporti majmuasining korpuslaridan birida yuz bergan. Yong‘in joyida olti poyga oti va qo‘riq ayolning jasadi topildi”, —deydi Yoqutiston huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manba.
Akademiya vakillarining qayd etishicha, otlar “Amginskiy” sport klubiga tegishli bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda yong‘in aybdori va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.
Izoh (0)