Hindiston shimoli-sharqidagi Assam shtatida yuz bergan suv toshqinlari natijasida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shtat tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi hisobotida qayd etilishicha, suv toshqinlari natijasida 30 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 735 mingdan ortiq kishi boshpanasiz qolgan.
Bu joriy yomg‘irlar mavsumi doirasida Hindiston shimoli-sharqida kuzatilayotgan uchinchi eng yirik suv toshqinidir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat shtatga 1,5 million dollardan ortiq zarar yetkazgan.
Izoh (0)