AQShning “Oklaxoma” basketbol klubi a’zosi hisoblanuvchi bo‘yi 211 santimetrni tashkil qiluvchi Enes Kanter bir necha daqiqa o‘zini “mitti” his qildi, deb yozadi “Sports.ru”.
Turkiyalik basketbolchi Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng uzun bo‘yli odam sifatida kiritilgan vatandoshi Sultan Kyosen (251 santimetr) bilan uchrashdi.
Kyosen ikki yil oldin Virjiniyada maxsus davolanish kursidan o‘tgachgina o‘sishdan to‘xtagan. Uzun bo‘yi unga o‘z ishida — baland daraxtlardan hosilni terishda yordam beradi, biroq hayotda ko‘p qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi — unga ko‘pchilik mashinalar torlik qiladi, kiyimlarini esa faqat buyurtma asosida tiktiradi.
Izoh (0)