Rossiyalik reper Timati do‘ppi va chopon kiyib do‘mbira chaldi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”. Instagram’ga qo‘yilgan videoda geolokatsiya sifatida Qozog‘istonning Olma-Ota shahri ko‘rsatilgan.
Rolikda Timati do‘mbira chalishdan oldin qozoq tilida “Qora yulduz uyga qaytib keldi”, degan. Videoda reperning orqasida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning surati ko‘rinib turadi.
https://www.youtube.com/watch?v=C56i6x-qIbk
Timati o‘zining qisqa chiqishini “Rahmet” deb tugatgan.
Izoh (0)