Buyuk Britaniyada erimaydigan muzqaymoq yaratildi, deb xabar beradi The Mirror. U Staffordshir grafligidagi Alton Towers ko‘ngilochar bog‘ida sotiladi.
Nashrning ta’kidlashicha, bunday shirinlikni tayyorlash usuli sir tutilmoqda. Faqat shunisi ma’lumki, muzqaymoq o‘z shaklini uzoq vaqt saqlab turishi uchun unga issiqlik yordamida ishlov beriladi.
U bosh oshpaz Xeston Blyumental tajribalari asosida, “innovatsion oshxona”da yaratildi. U o‘zining “Yog‘li o‘rdak” restoraniga tashrif buyuruvchilarni noyob taomlar bilan mehmon qilishi bilan mashhurdir. Masalan, turli vaqtlarda uning taomnomasidan chig‘anoq bo‘tqasi, bekonli muzqaymoq, oq shokoladli qora ikra, shuningdek, qahva va sarimsoqdan tayyorlangan pishiriqlar joy olgan.
Izoh (0)