To‘qmoq uloqtirish bo‘yicha 2015-yilgi jahon chempioni Pavel Faydek Pekinda taksi uchun yo‘l haqi sifatida oltin medalini berib yubordi, deya xabar qilmoqda The Independent.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari sportchini manziliga yetkazgan taksichini topdi, u medalni qaytarib berdi va Faydek taksiga o‘tirgan vaqtida g‘irt mast bo‘lganini aytdi.
Nashr eslatishicha, polshalik yengil atletikachi to‘qmoq uloqtirish bo‘yicha oltin medalni 23-avgust kuni 80,88 metr natija bilan qo‘lga kiritgan. Mukofoti yo‘qolib qolganini sportchi ertasi kuni sezgan va darhol politsiyaga murojaat qilib, medali qayerda ekanligini eslay olmasligini aytgan.
Izoh (0)