Kiyevda 25-avgust, seshanba kuni kechqurun ta’lim va fan vazirligi binosi yaqinida vazir o‘rinbosari Inna Sovsunning mashinasini o‘qqa tutishdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” vazirlik rahbari Sergey Kvit Facebook’da qoldirgan postga tayanib.
“Ukraina ta’lim va fan vazirligi yonida mening birinchi o‘rinbosarim Inna Sovsunning mashinasi otib ketildi. Hech kim jabrlanmadi. Faqat menga ma’lum bo‘lgan fakt haqida xabar qilmoqdaman. Hozircha boshqa hech qanday axborot yo‘q”, — deb yozdi Kvit.
Sovsunning o‘zi ham Facebook’dagi sahifasida favqulodda holat haqidagi xabarni tasdiqladi. Uning yozishicha, otishma chog‘ida u o‘z kabinetida bo‘lgan, mashinada haydovchisi o‘tirgan, o‘qlardan biri uning boshi ustidan uchib o‘tgan. Sovsun bungacha hech qanday tahdidlar olmaganini ta’kidladi.
Izoh (0)