Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Erondagi elchixonasi bugun, 23-avgustdan boshlab faoliyatini qayta tiklaydi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Ushbu diplomatik missiya 4 yil oldin namoyishchilarning hujumidan keyin yopilgan. Ular G‘arb tomonidan Eronga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishiga qarshi chiqqan edi.
Eron va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2 yil oldingina tiklangan. Elchixonaning ochilish marosimiga Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond tashrif buyurishi kutilmoqda.
Izoh (0)