Volgograd aeroportida ilova hujjatlari bo‘lmagan mahsulot yo‘q qilindi, deb xabar beradi “Bloknot.ru”.
O‘zbekiston fuqarosi Volgogradga milliy sutli mahsulot – qurt olib kirishga uringan. Erkak uni qo‘l yuki tariqasida, bagajida olib kelgan. Biroq bu mahsulotning veterinariyaga oid ilova hujjatlari bo‘lmagan.
Rossiya veterinar va sanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati Rostov va Volgograd viloyatlari hamda Qalmog‘iston respublikasi bo‘yicha boshqarmasining xodimlari noqulay epizootik sharoitga ega bo‘lgan hududdan olib kirilayotgan mahsulotni “Xalqaro aeroport” OAJ pechida yo‘q qildi.
Izoh (0)