Xitoyning Tyanszin shahridagi omborda 12-avgust kuni yuz bergan kuchli portlash qurbonlari soni 116 kishiga yetdi, deb xabar beradi “TASS”.
Sinxua agentligining ma’lum qilishicha, 60 kishi bedarak yo‘qolgan.
“Hozirgi paytga kelib, barcha halok bo‘lganlar DNK testlari bo‘yicha aniqlanmoqda”, — deb ta’kidlaydi agentlik. Uning ma’lumotlariga qaraganda, qurbonlardan 65 nafari o‘t o‘chiruvchi va 7 nafari politsiya xodimidir. Yana 39 nafar o‘t o‘chiruvchi va 4 nafar tartib saqlovchi bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilgan.
Izoh (0)