“Istiqlol” saroyida 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir va gala-konsert bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
Mukofot sohiblari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtiga imtihon va test sinovlarisiz davlat granti asosida o‘qishga kirish imkoniyati, “Nihol”ning maxsus statuetkasi va eng kam oylik ish haqining 70 barobari miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ldi.
“Nihol” mukofotining 2015-yilgi sovrindorlari e’lon qilindi. Estrada san’ati yo‘nalishi bo‘yicha Shahzodbek Sobirjonov (Andijon viloyati), Shiraz Tursinboyev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Bekzod Bahromov (Namangan viloyati), Farangiz Shamsiyeva (Samarqand viloyati), Dilmurod Sultonov (Xorazm viloyati), mumtoz qo‘shiq yo‘nalishi bo‘yicha Sayyod Jo‘rayev (Buxoro viloyati), Bahodir Sayidov (Navoiy viloyati), Alisher Ahmedov (Toshkent shahri), musiqa ijrochiligi bo‘yicha Shahzod Asatullayev (Qashqadaryo viloyati), Dostonjon Mirzokarimov (Sirdaryo viloyati), opera ijrochiligi bo‘yicha Zarnigorxon Umarova, Dildora Mirsodiqova (Toshkent shahri), Iqboljon Rahmatov (Farg‘ona viloyati), Aminzoda Jumaniyozov (Xorazm viloyati), raqs san’ati yo‘nalishi bo‘yicha Sehriyo Mirzayeva (Toshkent shahri) mazkur mukofotga loyiq topildi. Ularga diplom va mukofotlar tantanali tarzda topshirildi.
Tantanali kechada san’at ustalari va “Nihol” mukofotining sovrindorlari ishtirokida gala-konsert namoyish etildi.
Izoh (0)