Isroil harbiy havo kuchlari Suriyaning raketa hujumiga javoban uning hududi va qo‘shini bo‘ylab aviahujum uyushtirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Aviahujumga, xususan, Damashqdan 40 kilometr masofada joylashgan Kumeytra aholi punktidagi infratuzilma obyektlari uchradi. Ta’kidlanishicha, hujum natijasida hech kim jabrlanmadi, binolar va infratuzilmaga moddiy zarar yetdi.
Suriya hududidan Isroilga hujum uyushtirilib, buning natijasida Galileyadagi aholi punkti yaqiniga ikkita raketa qulab tushgan edi. Yana bir juft raketa Gollan tepaliklari hududiga tushgan.
Izoh (0)