Vazni 300 kilogrammdan ortiq bo‘lgan boshqirdistonlik fuqaro Irek Gabdurahmonov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovdan endokrin xastaligidan davolanish uchun yordam so‘rab, murojaat qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Gabdurahmonov Yevropada davolanishga urinib ko‘rgan, biroq yevropalik shifokorlar unga yordam bera olmagan. Erkakning so‘zlariga qaraganda, u o‘n metrdan ortiq yura olmaydi va ko‘p vaqtini yotib o‘tkazganligi sababli terisi bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirmoqda.
Mahalliy hukumatdan yordam olishga bir necha urinishdan so‘ng, u Ramzan Qodirovga murojaat etishga qaror qildi.
Izoh (0)