BMT kotibiyati KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasida yuz bergan otishmadan keyin Koreya yarim orolida yuzaga kelgan vaziyatni katta xavotir bilan kuzatmoqda. Bu haqda “TASS” BMT Bosh kotibiyati matbuot vakili Eri Kaneko ma’lumoti asosida xabar berdi.
“Biz voqealar rivojini jiddiy xavotir bilan kuzatib bormoqdamiz va vaziyatning borishi haqida yana ma’lumot beramiz”, — deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgust, payshanba kuni Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi qurolsizlantirilgan hududda artilleriya otishmasi yuz berdi. KXDR Janubiy Koreya hududiga qarata 25 ta snaryad uchirdi. Bunga javoban Janubiy Koreya bir necha o‘nlab 155 millimetrli artilleriya snaryadlarini KXDR tomon otdi.
Izoh (0)