5-oktabr kuni Ukraina, Latviya va Rossiya fuqarolaridan iborat xalqaro ekspeditsiya ikkita havo sharida O‘zbekistonga yo‘l oladi, deb xabar bermoqda “Anhor.uz”.
“Guruh tarkibida sakkiz kishi — ikki uchuvchi, ikki haydovchi hamda to‘rt sayyoh bo‘ladi. Biz olti sutkani osmonda o‘tkazishni rejalashtiryapmiz”, - dedi ekspeditsiya rahbari Aleksey Vozilov. Ekspeditsiya sayohatchilarga 8000 yevroga tushishi aytilgan.
Bu barcha sayohatchilar uchun ilk shunday ekspeditsiyadir. Uning qancha davom etishi ob-havoga bog‘liq — bir kunda 10 kilometrdan 500 kilometrgacha masofa bosib o‘tish mumkin. Sayohatchilar 3000 metrgacha balandlikka ko‘tarilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)