Venesuelaning Karabobo shtatida yo‘lovchi avtobusining yo‘l-transport hodisasiga uchrashi natijasida besh kishi halok bo‘ldi. Yana 29 kishi shikastlanish oldi, deb xabar beradi “TASS”.
Jabrlanganlardan to‘rt nafari bolalar bo‘lib, ularning barchasi kasalxonaga joylashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, transport vositasining mexanik nosozligi fojianing sababi bo‘lishi mumkin.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari avtohalokat vaziyatlarini o‘rganishga kirishdi. Voqea joyida kriminalist-ekspertlar va yo‘l politsiyasi xodimlari ishlamoqda.
Izoh (0)