AQShda olimlar birinchi marta laboratoriya sharoitida inson miyasini yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Teri hujayralaridan o‘stirilgan organoid no‘xat donasidan sal kattaroq bo‘lishiga qaramasdan, vazifa va tuzilish jihatidan besh haftalik inson homilasining miyasi bilan deyarli bir xildir.
Olimlarning izohlashicha, miya prototipi ongga ega emas. Uning ustida tajribalar olib borish, Alsgeymer xastaligi bilan kurashishda yangicha yondashuvni sinab ko‘rishga yordam beradi.
Izoh (0)