Texasning Montgomeri okrugidagi DrillChem kompaniyasiga qarashli kimyo zavodida jiddiy yong‘in yuzaga keldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Konro shahri politsiyasi jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘qligini xabar qildi. Politsiya uch kilometr radiusdagi aholi turar-joylari derazalarini berkitishni va konditsionerlarni o‘chirib qo‘yishni tavsiya qilmoqda.
Bir nechta yo‘llar yopib qo‘yildi. O‘t o‘chiruvchilar takroriy portlash xavfi tufayli tashkilot binosiga hozircha yaqinlashmadi.
Izoh (0)