Argentinaning Buenos-Ayres viloyatida yuz bergan suv toshqinlari sabab 11 ming kishi o‘z uy-joyini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, hodisa joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Avvalroq Argentinaning eng yirik viloyatida kuzatilayotgan tabiiy ofat natijasida uch kishi halok bo‘lgani, 3 ming kishi evakuatsiya qilingani ma’lum bo‘lgandi. Yana bir kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.
Tinimsiz yoqqan kuchli yomg‘ir sabab daryolardagi suv sathi keskin ko‘tarilgan. Toshqinlardan ayniqsa Luxan, Pilar, San Antonio de Areko, Mersedes, Salto, Tigre kabi shaharlar jiddiy talofat ko‘rdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 12—13-avgust kunlari ham viloyat hududida yog‘ingarchilik kutiladi.
Izoh (0)