Namangan viloyati ichki ishlar organlari tomonidan kompyuter klublarida o‘tkazilgan reydlardan keyin bir necha shaxsga nisbatan ishlar qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Diyonat” gazetasiga asoslanib “1news.uz” xabar berdi.
Jumladan, Namangan tumanidagi fuqarolar Ma’rufjon Jalolov va Ahmadjon Xolmirzayevga qarashli kompyuter klublarida kechki 22:30 dan keyin voyaga yetmagan bolalar qonunan taqiqlangan o‘yinlar o‘ynab o‘tirgani aniqlangan.
Bobirbek Shermatovga qarashli kompyuter klubida esa behayolik, zo‘ravonlik va vahshiylikni targ‘ib etuvchi filmlar borligi ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)