AQSh huquqni muhofaza qiluvchi organlari 35 yil avval mashhur musiqachi Roman Totenbergdan o‘g‘irlab ketilgan Stradivari skripkasini topdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Skripka 1980-yilda Totenbergning konsertidan so‘ng o‘g‘irlab ketilgan edi. Skripkachining qizi Nina Totenbergning ma’lum qilishicha, AQSh Federal qidiruv byurosi skripkaning topilganligi haqida iyun oyida xabar qilgan va tez kunda musiqa asbobi uning oilasiga qaytariladi.
O‘g‘rilikda gumonlanuvchining vafot etganligi munosabati bilan ushbu holat bo‘yicha da’vo kiritilmaydi.
Roman Totenberg 280 yil avval yaratilgan Stradivari skripkasini 1943-yilda sotib olgan bo‘lib, u o‘g‘irlab ketilgan kunga qadar o‘zining chiqishlarida faqat undan foydalangan.
Izoh (0)