Apple va Google korporatsiyalari foydalanuvchilarga o‘zlari istagan ma’lumotlarni ular bu haqda so‘rashga ulgurmasdan turib yetkazib berish imkoniyatiga ega texnologiya ustida ish olib bormoqda, deya xabar berdi “RBK”.
Bunday funksiyalar korporatsiyalar mahsulotlarida shu yil sentabridayoq paydo bo‘lishi mumkin.
Ushbu texnologiyalarni ishlab chiqishda kompaniyalar turli usullardan foydalanadi. iOS operatsion tizimining to‘qqizinchi versiyasida paydo bo‘ladigan Apple portativ yordamchisi iPhone’da saqlanayotgan axborotdan kelib chiqib, ma’lumotlarni taklif qiladi. O‘z navbatida, Google pochta, taqvim, onlayn-qidiruv kabi onlayn-servislardagi ma’lumotlardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)