Rossiyaning birinchi raqamli marketologi Igor Mann Avtotest kompaniyasining rasmiy maslahatchisiga aylandi. Bu haqdagi xabar kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida paydo bo‘lgan.
Avtotest kompaniyasi jamoasi bilan tashkillashtirilgan alohida uchrashuvda Igor Borisovich amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishgan. Shuningdek, u Avtotest tomonidan yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr va taxminlarini bildirgan.
“Avtotest’ning Igor Mann bilan hamkorligi birinchi raqamli marketologning ko‘plab ommabop kitoblarida keltirilgan asosiy qoidalar — katta harfdagi Mijozga munosabat, chuqur o‘ylanganlik va qulaylik, sifatli xizmat, biznesning foyda olishga emas, balki mijozlardan minnatdorchilik eshitishga yo‘naltirilganligi kabi tamoyillarga amal qilishni nazarda tutadi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Igor Mann Rossiyada marketing bo‘yicha eng talabgir amaliyotchi trener bo‘lib, bu bilan 1993-yildan buyon shug‘ullanib keladi. Mann Rossiya marketologlar gildiyasi versiyasi bo‘yicha yil maslahatchisi deb topilgan.
Shuningdek, u “100 foizlik marketing”, “Byudjetsiz”, “Marketing mashina” singari ommabop kitoblar muallifi, “Mann, Ivanov va Ferber” nashriyoti, “Aql kuchi”, “Marketing Mashina”, Push Books internet loyihalari hammuassisi hisoblanadi. Amerika, Yevropa va Rossiya kompaniyalarida ish tajribasiga ega. 12 yildan oshiqroq marketing bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan, shundan 5 yilini AQShning Lucent va Avaya kompaniyalarida o‘tkazgan. Rossiya bo‘ylab doimiy ravishda ochiq va korporativ treninglar o‘tkazib keladi. Uning trening va seminarlarida 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)