Google iyun oyida Gmail’da xato topilgan taqdirda 30 soniya mobaynida xatni jo‘natishni bekor qilish xizmatini yo‘lga qo‘ygach, Dmail deb nom olgan va o‘zini-o‘zi yo‘q qiladigan taymerga ega Chrome’ning yana bir xizmatini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda The Verge nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Dmail xat yuborilgandan so‘ng ham istalgan paytda uni tiklash va hatto maktubingizni keyinchalik undan iz ham qoldirmaydigan taymer bilan jo‘natish imkonini beradi. Qizig‘i, bu xizmatlardan ular qabul qilib oluvchining kompyuterida o‘rnatilmagan bo‘lsa ham foydalanish mumkin. Chunki Dmail aslida xatlarni oluvchining pochtasidan o‘chirmaydi, balki maktub yetkazilishini shifrlaydi, xolos.
Izoh (0)