Rossiyalik sinoptiklar momaqaldiroq vaqtida selfi olmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda “Fobos” ob-havo markazi mutaxassisi Yevgeniy Tishkovetsning so‘zlariga tayanib, “Govorit Moskva” radiostansiyasi xabar tarqatmoqda.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik choralari nuqtai nazaridan momaqaldiroq vaqtida har qanday elektr asbob-uskunalari, shu jumladan mobil telefonlardan foydalanish ham taqiqlanadi.
Momaqaldiroq vaqtida himoyalangan binolar ichida bo‘lish tavsiya etildi. Bundan tashqari, noqulay ob-havo o‘tib ketishini mashinaning metall qismlariga tegib ketmasdan avtoulov ichida kutish mumkinligi ta’kidlandi.
Momaqaldiroq bo‘layotganida soyabon bilan yurish, yakka daraxt ostiga berkinish, hovuzlarda cho‘milish, ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish mumkin emasligi qayd etildi. Chunki istagan vaqtda yashin urishi xavfi mavjud.
Moskvada 27-iyul kuni erkak kishi yashin urishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Rossiya poytaxtida noqulay ob-havo sharoiti yana bir necha kun kuzatilishi kutilmoqda.
Izoh (0)