Norvegiyaning muzqaymoq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Hennig Olsen kompaniyasi jahondagi eng baland — 3,08 metrli muzqaymoq nonini tayyorladi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.
Muzqaymoq noni vertolyot yordamida Kristianstad shahriga olib kelindi va 9 ming kishilik olomonga namoyish etildi. Shu yerning o‘zida Ginnesning rekordlar kitobi vakili norvegiyaliklarning mazkur yutug‘i italiyaliklarning 2011-yilgi rekordidan o‘zib ketganini qayd etib qo‘ydi.
Desert 40 litr brusnika jemi, 1,08 ming litr vanil muzqaymoq va 60 litr shokoladdan tayyorlangan. Muzqaymoq nonining og‘irligi 75 kilogrammga teng. Hennig Olsen vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya rekord darajadagi muzqaymoqni tayyorlash haqida yanvar oyida o‘ylagan, desertni tayyorlashga esa to‘rt oycha vaqt ketdi.
Izoh (0)