“Rosselxoznadzor”ning Novosibirsk viloyati bo‘yicha hududiy bo‘limi Rossiyaga Tojikistondan to‘rtta manzarali kaptar olib kirilishi oldini oldi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Eng yaqin reys bilan kaptarlar Rossiyadan Tojikistonga deportatsiya qilindi”, — deydi veterinariya nazorati xizmati xodimlari.
Boshqarmadan ma’lum qilishlaricha, mazkur chora “jonivorlar va insonlar uchun umumiy bo‘lgan xavfli kasalliklar tarqalishi ehtimolini oldini olish maqsadida ko‘rilgan”.
Qayd etish joiz, bu qushlarning Rossiyadan deportatsiya qilinishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. 2014-yil fevralida Tolmachevo aeroportidan ikki kaklik, keyinroq ikki kanareyka Tojikistonga deportatsiya qilingan. O‘sha yilning may oyida esa ikki to‘tiqushning Rossiyaga kirishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Izoh (0)