Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Kazan-Arena” stadionida suv sporti bo‘yicha mamlakat terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv chog‘ida suv polosi bilan shug‘ullanib ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda “R-Sport” xabar bermoqda.
Suv sportining ushbu turi bilan shug‘ullanishni davlat rahbariga sportchilarning o‘zlari taklif etdi. “Suv polosi? Cho‘kib ketmasam bo‘lgani … Lekin meni qo‘llab-quvvatlab tursangiz, bajonidil o‘zimni sinab ko‘rishim mumkin”, — deya munosabatini bildirdi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 24-iyul, juma kuni Putin Qozonda suv sporti bo‘yicha XVI jahon chempionatining ochilish marosimida qatnashdi. Sportning bu yo‘nalishidagi dunyo birinchiligi Rossiyada ilk bor o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)