Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyaning Moden va Milan shaharlarida buyuk xonanda Luchano Pavarottiga bag‘ishlangan biryo‘la ikkita muzey ochildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

Pavarotti jamg‘armasi xonandaning ona yurti Modenda Luchano tomonidan o‘limidan bir necha yil avval qurib bitkazilgan uyda muzey ochilganini e’lon qildi. Tashrif buyuruvchilar to‘rt qavatda joylashgan 12 xonada xonandaning 40 yillik faoliyati davomida to‘plangan kiyimlar kolleksiyasi, konsert va spektakllari videoyozuvlarini tomosha qilishi, shuningdek, Pavarottining qiziqishlaridan biri  — otxonani sayr etish imkoniyatiga ega.

Modendagi uy bilan deyarli bir vaqtda Milanda Pavarottiga bag‘ishlangan restoran-muzey ham ochildi. 7 xonadan iborat va 600 kvadrat metr joyni egallagan ushbu restoranda xonanda tug‘ilib-o‘sgan Emiliya-Romanya provinsiyasi taomlari, xususan, u yoqtirgan tortellini va talyatelle kabi ovqatlar tortiladi. Muzeydan xonandaning suratlari va esdalik buyumlari ham o‘rin olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi