Xakerlar Charli Miller va Kris Valasek Chrysler avtomobillarining bort kompyuterlarida mashinani masofadan turib boshqarishga imkon beruvchi zaiflik borligini aniqladi, deb xabar bermoqda “Tjournal.ru”.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, 471 mingta Chrysler avtomobili zavoddan shunday kamchilik bilan chiqqan. Miller va Valasek yaqin vaqt ichida ma’lumotlarni keng ommaga e’lon qilmoqchi.
Buning isboti sifatida Wired nashri muharriri Endi Grinberg Jeep Cherokee avtomobilida Sent-Luis tashqarisiga chiqib, nosozlikni sinab ko‘rgan. Xakerlar Uconnect tizimidan foydalanib, dastlab avtomobilning musiqiy markazi va oyna artgichlarini harakatlantirgan, keyin esa tormoz, rul va tezlikni ham boshqargan.
O‘z navbatida, Chrysler vakillari kompaniya muammodan xabardorligini ma’lum qilgan va bu unchalik jiddiy emasligini qayd etgan. Shuningdek, ular Miller va Valasek ma’lumotlarni oshkor qilishni istayotganini tanqid qilgan.
Izoh (0)