Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh Suruch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati natijasida 27 kishi halok bo‘ldi, yuz nafarga yaqini yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, xudkush bombani Amara madaniyat markazi oldidagi kafening kirish qismida portlatib yubordi. Portlash oqibatida yong‘in yuzaga keldi, biroq u tezda bartaraf etildi.
Turkiya parlamenti a’zosi Fikret Bilaning ta’kidlashicha, portlash markaz hududida yashayotgan turkiyalik kurdlarga qarshi qaratilgan bo‘lib, ular Suriyaga IShID jangarilari bilan kurashish uchun jo‘nab ketishni kutayotgan edi.
Izoh (0)