Toshkent markazidagi Mustaqillik shohko‘chasida kitob do‘konlari ochiladi. Bu haqda, “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, O‘zbekiston hukumatining 15-iyuldagi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Kitob do‘konlari tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida Mustaqillik shohko‘chasida joylashgan va mos ravishda 6- va 7-uylarda joylashgan umumiy maydoni 1650 kvadrat metr bo‘lgan bino va maydoni 270 kvadrat metr bo‘lgan qurilishi yakunlanmagan inshoot O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga boshqarish huquqi bilan beg‘araz beriladi.
Izoh (0)