Falastinning “Xamas” harakati yetakchisi uch yil ichida birinchi marta Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
U Salmon bin Abdulaziz al Saud taxtga chiqqanidan buyon birinchi marta yangi qirol bilan uchrashdi. Tomonlar Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyatni, jumladan Falastindagi ichki birlikni muhokama qildi.
“Xamas” delegatsiyasiga harakatning boshqa yuqori lavozimlardagi a‘zolari ham kirgani ma’lum qilingan. Ekspertlar fikricha, ushbu tashrif harakat va qirollik o‘rtasidagi munosabatlar tiklanishiga zamin yaratishi mumkin.
Izoh (0)