Gretsiyaga noqonuniy yetib olishga uringan suriyalik qochoqlar bo‘lgan kater Turkiyaning Egey dengizi qirg‘oqbo‘yida halokatga uchradi. Natijada olti kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Suriyalik bir guruh qochoqlar Chanoqqal'a viloyatidagi Ayvajik shahridan Gretsiyaning Lesbos oroliga yo‘l olgan edi. Noma’lum sababga ko‘ra, kater cho‘ka boshladi. Turkiya qirg‘oq qo‘shini olib borgan qutqaruv operatsiyasi natijasida o‘n kishi, shu jumladan, to‘rt nafar ayol va ikki bolani qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning jasadi suvdan chiqarib olindi.
Qutqarilgan qochoqlar Ayvajik kasalxonasiga yetkazildi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh (0)