Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga shifoxonalar xavfsizligi indeksini qo‘llash bo‘yicha milliy mutaxassislarni o‘qitishda yordam beradi, deb xabar qilmoqda “Gazeta.uz”.
Tashkilot mutaxassisi 29-iyundan 3-iyulgacha O‘zbekistonda bo‘lib, shifoxonalar xavfsizligi indeksini qo‘llash bo‘yicha 13 nafar milliy ekspertni o‘qitdi. Ekspertlar qatoriga shifoxonalar qurilishi va texnik jihozlanishida tajribasi bo‘lgan muhandislar, elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya va isitish tizimi bilan shug‘ullanuvchi muhandis va texniklar, tashxiz jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy texnik xodimlar, shifoxonaning har kungi faoliyatida ishtirok etuvchi vrachlar o‘rin olgan.
So‘ngra guruh Toshkentdagi uchta shifoxonaga – shahar tez tibbiy yordam shifoxonasi, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazi va Respublika neyroxirurgiya ilmiy markaziga tashrif buyurib, ularning kuchli va kuchsiz tomonlari bo‘ycha ma’lumotlar to‘pladi, xavfsizlikni oshirish imkoniyatlarini aniqladi. JSST shahar klinik shifoxonasiga elektr o‘chganida operatsiya va reanimatsiya xonalariga to‘xtovsiz elektr ta’minotini amalga oshirish uchun muqobil energiya manbasi bo‘lmagani sababli generator taqdim etishi aytildi.
Izoh (0)