Rossiyaning Orenburg shahrida 20 yoshli o‘zbekistonlik yigitni javobsiz muhabbati tufayli tomdan sakrashdan qaytarishga 12 soat davomida urinishdi. Bu haqda Rossiya IIVning Orenburg viloyati boshqarmasi ma’lum qilgan.
Javobsiz sevgi tufayli o‘z joniga qasd qilishga qaror qilganini tan olgan yigit Lenin sudi binosi tomidan sakramoqchi bo‘lgan. U psixolog bilan suhbatdan keyin tomdan tushishga rozi bo‘lgan va Rossiyaning Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining “Politsiya xodimining qonuniy talabini bajarmaslik” haqidagi moddasiga binoan qo‘lga olingan.
Bino tomida odam borligi haqidagi xabar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 15-iyul kuni kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar yigitni tomdan olishga uringan, biroq binoning ayrim xususiyatlari bunga imkon bermagan.
Izoh (0)