Parij yaqinidagi Vilnev-la-Garenn shaharchasida joylashgan Primark tarmog‘ining do‘konida uch nafar qurollangan shaxs do‘konning 18 nafar xodimini garovga oldi, deb xabar bermoqda Le Parisien.
Xodimlardan birining so‘zlariga ko‘ra, u savdo markazidan odamlar qochib chiqayotganini ko‘rgan va “ular qurollangan”, deya qichqirganini eshitgan. Bosqinchilardan biri Primark xodimi bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Voqea joyiga politsiyaning oliy toifali bo‘linmasi yetib kelgan.
Izoh (0)